Post Views:
13
MU’MIL SHOSHIY, to‘liq ismi Abu Rajo’ Mu’mil ibn Masrur ibn Abu Sahl ibn Ma’mun Shoshiy Xumrakiy (1049–1123) – faqih, muhaddis. Shosh vohasidagi Xumrak shaharchasida tug‘ilgan. Ilm-ma’rifat talabida yurt kezgan. Buxoroda Abu Xattob Tabariy hamda Faznada shoshlik mashhur faqix Abu Bakr Homid Shoshiydan fiqh ilmini o‘rgangan. U imom, taqvodor sufiylardan bo‘lib, obid va mujtahidlarning yetakchisi edi. Umrining oxirgi yillarini Marvda o‘tkazgan va o‘sha yerda vafot etgan. Roziq daryosi bo‘yidagi o‘z xonaqosining darvozasi yoniga dafn qilingan.
«Toshkent» ensiklopediyasi. 2009 yil
https://shosh.uz/uz/mumil-shoshiy-2/