MULLA SHODI (16-a.) — tarixchi. Uning hayotiga oid maʼlumotlar juda kam. M. Sh. Shayboniyxonning inisi Maxmud Sulton saroyida xizmat qilgan, fors tilida yozilgan «Fathnoma» asari muallifi. Dostonni Mahmud Sulton topshirigʻiga binoan yozgan. Asarda Shayboniyxonning Samarqandni bosib olguniga qadar Dashti Qip-choq, Movarounnahr va Xorazmdagi hayoti va faoliyati bilan bogʻliq asosiy siyosiy vokealar; Xorazmning toponimikasi, asosan, Vazir va Adak shaharqalʼalar toʻgʻrisida, Qorakoʻldagi xalq qoʻzgʻolonining bostirilishi, urushlarda koʻplab aholining qoni toʻkilganligi va ularning ogʻir ahvoli haqida maʼlumotlar keltirilgan. Asarning qoʻlyozma nusxalari Rossiya, Tojikistonda va Oʻzbekistonda FA Sharqshunoslik in-tida saqlanadi.
Ad.: Axmedov B. A., Istoriko-geografi-cheskaya literatura Sredney Azii XVI—XVIII vv., T., 1985.