Bir-biridan tortinar hamma,
Qalbda qay his qilarkan xuruj.
Yoqar zimdan berilgan hamla –
Doʻstlik istab ochilgan urush.
Boʻynin qisar qimtinib tandir,
Pasayganin his etar devor.
Tomni chertar tun boʻyi yomgʻir,
Sovchi keldi bu uyga ilk bor.
Aʼzam Oʻktam
https://saviya.uz/ijod/nazm/mujda/