Muin xalfa bobo maqbarasi


Post Views:
33

MUIN XALFA BOBO MAQBARASI (Qorasaroy ko‘chasi, 89) – me’moriy yodgorlik (19-asr). Toshkentlik eshon Muin xalfa bobo (1883 yil vafot etgan)ga atab qurilgan. To‘g‘ri to‘rtburchak tarhli (5,48×6,16 m) bino, yolg‘iz kvadrat xona (3,05×3,05 m) va unga tutash ayvondan iborat. Xona ichida ikki sag‘ana bor (xalfaning o‘zi va o‘g‘li dafn etilgan). Xonaning to‘rt tor ravog‘i bo‘lib, eshik, peshtoqdan iborat, xonani g‘arbiy devordagi to‘rtburchak tuynuk yoritadi. Gumbazning silindrsimon gardishi binoni mahobatli qilgan. Maqbara silliqlangan pishiq g‘isht (24 x 25 x 3,5 sm)dan qurilgan, suvalmagan, deyarli bezaksiz (g‘isht bilan sharafa ishlangan, xolos). 2007 yilda maqbara qayta ta’mirlandi. Ta’mirlash jarayonida yodgorlik-ziyoratgohning ayvonidagi devorga ganchkor usta A.Muxtorov o‘z shogirdlari bilan «Hastimom» deb nomlangan ganch palagini ishladi.

«Toshkent» ensiklopediyasi. 2009 yil

https://shosh.uz/uz/muin-xalfa-bobo-maqbarasi/

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x