Muhammadrasul Rasuliy (1884-1935)


Post Views:
27

MUHAMMADRASUL RASULIY (1884–1935) – ma’rifatparvar, pedagog. Toshkentda tug‘ilgan. Toshkentdagi Beklarbegi madrasasida o‘qigan. 1907 yildan rus-tuzem maktablarida dars bergan. 1917 yildan keyin maktablarda o‘qituvchilik qilgan, savodsizlikni tugatishda faol ishtirok etgan. Rus-tuzem va yangi usuldagi maktablar uchun darsliklar («Rahbari forsiy», «Qiroati forsiy yoxud muntaxabi guliston», «Bolalar bog‘chasi») yozgan. «Rahbari forsiy» kitobi (1911, 1914, 1917 yillarda nashr etilgan)da fors tili qoidalari o‘zbek tilida bayon qilingan. «Qiroati forsiy yoxud muntaxabi guliston» (1916) xrestomatiya kitobida qisqa-qisqa forscha matnlar 56 darsga bo‘lib berilgan, ba’zi forscha so‘zlarga o‘zbekcha izoh yozilgan. «Bolalar bog‘chasi» alifbe kitobi bo‘lib, tovush usulida tuzilgan. Uning 2-nashri 1917 yil Toshkentda chiqqan. Bu darslikda K.D.Ushinskiy, L.N.Tolstoy, S.M.Gramenitskiyning o‘quv kitoblaridan tarjimalar berilgan.

«Toshkent» ensiklopediyasi. 2009 yil

https://shosh.uz/uz/muhammadrasul-rasuliy-1884-1935-2/

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x