MUHAMMAD SHARIF ibn Muhammad Naqiy (19-a.) — buxorolik tarixchi olim. Hayotiga oid maʼlumot saqlanmagan. Buxoro xonligi tarixiga oid «Toj uttavorix» («Yil-nomalar toji») asarini yozgan (1800). Unda Chingizxon va avlodlari, shayboniylar va ashtarxoniylar tarixi, mangʻitlarning shajarasi, amir Haydar hukmronligining dastlabki yillaridagi voqealar xususida soʻz boradi. Asarning 2 nusxasi Oʻzbekiston FA Sharqshunoslik in-ti qoʻlyozmalar fondida sak,panada.
Loading…