Muhammad Haydar


Post Views:
222

MUHAMMAD HAYDAR, Dug‘lot, Mirzo Haydar (1499–1551) – tarixchi, davlat arbobi. Toshkentda tug‘ilgan. 1509–12-yillarda Bobur, so‘ngra Sulton Sa’idxon (Qashqar hukmdori) xizmatida bo‘lgan, uning o‘g‘li valiahd Abdurashidning tarbiyachisi. Ko‘pgina harbiy yurishlarga boshchilik qilgan. 1533 yil taxtga Abdurashidxon o‘tirgach, ichki ziddiyatlar tufayli mamlakatni tark etgan. Hindistonga – boburiylar saroyiga borgan. 1539–40 yildan Humoyun xizmatida. 1541 yil boburiylar nomidan Kashmirni idora etgan. Tog‘liq qabilalar bilan bo‘lgan jangda halok bo‘lgan. Muhammad Haydar mashhur «Tarixi Rashidiy» tarixiy asarining va «Jahonnoma» nomli geografiyaga oid turkiy she’riy risola muallifi. «Tarixi Rashidiy»da shayboniylar bilan Sharqiy Turkiston hukmdorlari o‘rtasidagi kurashlar, Toshkent tarixiga oid muhim ma’lumotlar bor.

«Toshkent» ensiklopediyasi. 2009 yil

https://shosh.uz/uz/muhammad-haydar-2/

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x