“Men ringda Amerika uchun jang qildim va Amerika uchun oltin medalni oldim. Oʻsha kuni restoranga kirib, buni nishonlashni istadim, ammo amerikaliklar meni restorandan quvib chiqarishdi. “Qora tanlisan”, deb menga ovqat berishmadi. Alam bilan sohilda kezar ekanman, Amerika uchun olgan oltin medalni daryoga uloqtirdim.
Masjidga kelib qoldim va u yerda oq tanli bilan qora tanli bir safda oʻtirganini, bir-biri bilan ogʻa-inidek suhbatlashishayotganini, birga namoz oʻqib, keyin bir-birini bagʻriga bosayotganini koʻrdim. Men Islomni qabul qilishimni aytdim. Imom menga shahodat kalimasini oʻrgatdi.
Men chempionlik shohsupasida turib yigʻlamagandim, hozir yigʻladim. Chempionligimdan koʻra hozir buyukroq martabada turganimni his qilib, yigʻladim…”
Muhammad Ali
“Xalq soʻzi” gazetasi saytidan olindi.
https://saviya.uz/hayot/nigoh/muhammad-alining-iqrori-unga-chempionlikdan-kora-buyukroq-martaba-nima-edi/