MUGʻ QALʼA HUJJATLARI – Mugʻ qalʼa xarobalaridan topilgan hujjatlar majmuidan iborat oʻziga xos arxiv qoldigʻi (mil. 7-a. oxiri — 8-a. boshi) . Uning tarkibidagi jami 80 xujjatdan 74 tasi fanda shartli ravishda «milliy sugʻd yozuvi» yoki Samarqand sugʻd yozuvi deb nomlangan yozuvda bitilgan. 3 ta hujjat xitoy yozuvida boʻlib, mazkur arxiv mazmuniga daxldor emas. Xitoycha matn bitilgan qogʻozning orqa toza yuzasidan yozuv materi-ali sifatida foydalanilgan. 2 ta hujjat arab yozuvini kufa usulida bitilgan va arxiv mazmuniga aloqador. 1 ta hujjat teri yuzasiga qad. turkruniy yozuvda bitilgan. Hujjatlar bitilgan materiallar turlicha. 20 dan ortiqhujjat toldan kesilgan tayokchalarda, 20 dan ortiqroq hujjat oshlangan teri yuzasida va bir qancha hujjat xitoy qogʻozlarda yetib kelgan.
Hujjatlarning mazmun doirasi xilma-xil, ularning bir turkumi huquqiy (nikoh va bu munosabat bilan oila mulkiy munosabatlari haqidagi masalalarni aks ettiradi) munosabatlarga oid. Hujjatlarning yana biri tegirmon ijarasi, ikkinchisi yer mulkchiligi haqidagi hujjatlardir.
Bir turkum hujjatlar diplomatik yozishmalar toifasiga kiradi. Hujjat mazmun eʼtibori bilan arab boskinchiligi voqealari bilan bevosita aloqador, unda xalifalik noibining Movarounnaxrdagi omili Abdurrahmon binni Subhning Panch hokimi Devashtichp ogohlantirish va doʻq-poʻpisasi ifoda topgan. Yana biri diplomatik maktub Devashtich tomonidan Rust xrkimi Afarunga yozilgan boʻlib arablarga qarshi harbiy kuchlarni birlashtirish masalasiga ishorat qiladi.
Arxiv hujjatlarning kattagina guruhi framandar (xoʻjalik ishlari boʻyicha nozir) nomiga yozilgan Devashtichning buyruqlaridir. Yana bir qancha hujjatlar Sugʻd davlatining xoʻjalik munosabatlarini aks ettiradi. Ular orasida teri oshlash, charmgarlik, ziroatchilik, bogʻdorchilik va b. xoʻjalik sohalarining arab istilosi kunlaridagi ahvolini koʻrsatuvchi bir qancha hujjat namunalari bor. Yana bir guruh hujjatlarda moliyaviy munosabatlar aks etgan boʻlib, avvalo saroy ehtiyojlari uchun xarajatlar roʻyxati, turli xil toʻlovlar haqidagi axborotlar, soliq va boj yigʻmalari kabi bevosita moliya iqtisod munosabatlari aks etgan.
Mugʻ qalʼa hujjatlarining tarixiy manbalik ahamiyati gʻoyat darajada yuksak baholanadi.
Mugʻ qalʼa hujjatlari bugunga qadar toʻliq ilmiy nashr etilgan. Ularning dastlabki ilmiy nashrlari rus olimlari A. A. Freyman, M. N. Bogolyubov, V. A. Livshis, O. I. Smirnovalar tomonidan 1960 – y. larning boshlarida amalga oshirilgan.
1990—92 y. larda sugʻdshunos olim Mugʻ qalʼa hujjatlari Isʼhoqov soʻnggi davrlarda sugʻdshunoslik sohasidagi yangi natija va xulosalar asosida Mugʻ qalʼa hujjatlari h – katta turkumini oʻzbek tiliga tarjima qilib, ilmiy izoxlar bilan nashr ettirdi.
Ad.: Sogdiyskiy sbornik. Sbornik statey o pamyatnikax sogdiyskogo yazыka i kulturы, naydennыx na gore Mug, L., 1934; Sogdiyskiye dokumentы s gorы Mug, Mugʻ qalʼa hujjatlari, 1962—63.
Mirsodiq Isʼhoqov.