MUGʻON, Muqon (?—572) — turk xoqonlaridan biri. Bumin xoqonning oʻgʻli. Asli ismi Qushu boʻlib, Mugʻon unvoni bilan taxtga oʻtirgan. Mugʻonning bir necha ismlari boʻlgan — Qush, Yegin — nevara, jiyan; Yandi — gʻolib; unvoni — M. ; M. qahrli, jasur, aqlli boʻlib, uni jangu jadaldan boshqa hech narsa qiziqtirmagan. 553-y. kuzida u jujanlarni qayta tormor etgan. Jujanlar Si imperatoridan boshpana topganlar. 555-y. Si imperatori oʻz yeridan jujanlarni haydab chiqargan, chunki ular qaroqchilik qilishga oʻtgandilar. Bundan foydalangan Mugʻon va kidanlar jujanlarni tormor kilganlar. 554-y. M. davlati kichik bir mulkdan imperiyaga aylangan. Shim. da Sigu davlati ham zabt etilgan. Chjou imperiyasi bilan tuzilgan shartnomaga koʻra, Chjou Mugʻonga har yili 100 ming parcha ipak mato soligʻi toʻlab turgan. 572-y. M. vafot etgan. Taxtga oʻtirgan ukasi Toboxon Si imperiyasi bilan sulh tuzgan. Chjou soliqlan bosh tortganda unga hujum qilgan va Chjou yana soliq toʻlashga majbur boʻlgan.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые