MUGʻLON — Qashqadaryo viloyati Kayebi tumanidagi qishloq. Tuman markazi. Yaqin t. y. stansiyasi — Koson (20 km). Mugʻlondan viloyat markazi (Qarshi sh.)gacha 50 km. Aholisi 7 ming kishi (2003). Obihayot va Kasbi kanallaridan suv oladi. Maʼmuriy idoralar, aloqa boʻlimi, avtostansiya, Oʻzbekiston—Turkiya qoʻshma korxonasi, dehqon bozori, 2 umumiy taʼlim maktabi, litsey-internat, madaniyat saroyi, stadion, markaziy kasalxona, dorixona va b. tibbiy muassasalar, madaniy, savdo va maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari bor. M. — Qarshi, Mugʻlon —Koson yoʻnalishlarida avtobus qatnovi yoʻlga qoʻyilgan.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые