MUDOFAA DEVORLARI — aholini dushman hujumidan saklash maqsadida qad. dehqonchilik vohalari atrofiga qurilgan devorlar. Bunday devorlar Osiyo, Yevropa va Afrika qitʼasidagi koʻpgina mamlakatlarda qurilgan (mas, Buyuk Xitoy devori, Antonin devori va b.). Oʻzbekiston hududida Shaxrisabz, Kitob, Nurota dehqonchilik r-nlari va Marokanda sh. atrofidagi qishloqlar tevaragiga Mudofaa devorlari qurilgan. 1956-y. da Ya. Gʻ. Gʻulomov boshchiligida Oʻzbekistonda Mudofaa devorlari izlari aniqlanib, ularning qurilish texnikasi oʻrganiladi. Yozma manbalarda bu devorlar: Hoitul xoriji (Tashqi devor), Hoitul kabiri (Katta devor), Surul aʼzami (Ulugʻvor devor), Kanpir devor, Devori Kandi buzurg (Katta viloyatning devori), Devori Kandi dizak (Istehkomli vilo-yat devori) degan nomlar bilan atalgan. Oʻzbekistondagi qad. dehqonchilik vohalari atrofida Mudofaa devorlari bunyod qilishdan asosiy maqsad vohani koʻchmanchilarning hujumidan himoya qilish, shuningdek, vohadagi oʻtroq aholini chet el bosqinchilari istilosi va hukmronligi hamda mahalliy zoʻravonlarni ularga yordamlashib turgan koʻchmanchi qabilalardan ajratib, yakkalab qoʻyish, itoatkorlikda saqlash edi. Oʻrta Osiyo, jumladan, Oʻzbekistondagi Mudofaa devorlari tarixini 3 davrga boʻlish mumkin: 1davr mil. av. 6—4-a. — mil. 5—6-a. lar; 2davr 6-a. dan 8-a. gacha davom etgan; 3davr 8-a. ning oxiri va 9-a. ning boshlariga toʻgʻri keladi. Qad. Buxoro, Sugʻd, Usrushona vohalari atrofidagi devorlar oʻzaro tutashtirilib, alohida vohalarnigina emas, balki butun bir mamlakatni uragan yagona mudofaa tizimiga aylantirilgan.
Ad.: Muham yedov H., Kddimiy mudofaa devorlari, T., 1961; Muhamedov H., Oʻzbekistonning qadimiy inshootlari tari-xidan, T., 1961.