Muddatidan avval tug‘ilishga olib keluvchi xavf omillari
sotsial-demografik (oilaning mustahkam emasligi, past ijtimoiy hayot, yosh oilalar) va tibbiy jihatdan (ilgari o‘tkazilgan abort, ko‘p marta farzand ko‘rish, homilaning gemolitik kasalliklari – rezus konflikt natijasida kelib chiqqan, onaning surunkali kasalliklari) bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari, bolaning muddatidan oldin tug‘ilishida kasb zararligi, zararli odatlar, homiladorlik vaqtida jismoniy va ruhiy jarohatlar ham sabab bo‘lishi mumkin.
Chala tug‘ilgan bola deb, homiladorlikning 22 haftasidan 37 haftasigacha bo‘lgan oraliqda tug‘ilgan va tana vazni 500 gr.dan og‘ir bo‘lgan chaqaloqlarga aytiladi. Ushbu ko‘rsatkichlar JSST tomonidan kiritilgan.