MUBOSHIR (arab. — ish yurituvchi) — biror ishga boshchilik qiluvchi, boshqaruvchi, boshliq.
1) Somoniylar va saljuqiylar davrida amir va sultonlarning ishonchli kishisi;
2) Usmonli turk imperiyasida markaziy davlat idorasidan viloyatlarga har xil topshiriklar b-n yuboriladigan vakil;
3) 17—18-a. larda Buxoro xonligida markaziy davlat idorasining moliya devonidagi amaldor; 4) Yaqin va Oʻrta Sharq mamlakatlarida markaziy davlat idoralarida har xil topshiriklarni bajaruvchi, baʼzan devonda ish boshqaruvchi kichik amaldor.