MUBORAK

MUBORAKQashqadaryo viloyati Mu-borak tumanidagi shahar (1974-y. dan). Tuman markazi. Qarshi—Buxoro t. y. dagi stansiya. Kitob—Qarshi—Buxoro poyezdi qatnaydi. Viloyat markazi (Qarshi sh.)dan 78 km shim.-gʻarbda. Aholisi 23,8 ming kishi (2002). Asosan oʻzbeklar, shuningdek, tojik, rus, turkman, ukrain, ozarbayjon va b. millat vakillari ham yashaydi. Muborakda tuman hokimiyati binosi, gazni qayta ishlash z-di, «Muborakneftgaz» korxonasi, bosmaxona, 4 avtokorxona, 10 qurilishtaʼmirlash korxonasi, dehqon bozori, savdo, madaniy va maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari bor. Umumiy taʼlim maktablari, maktabgacha tarbiya muassasalari, sanoat kasbhunar, tibbiyot, ped.-iqtisodiyot kollejlari, kasb-hunar maktabi, telemarkaz, kutubxona, klub, stadion, yoshlar sport maj-muasi, tennis korti, madaniyat va istirohat bogʻi, markaziy kasalxona va b. tibbiy muassasalar mavjud. Suv bilan davolash fizioterapiya shifoxonalari faoliyat koʻrsatadi. Muborak yaqinida Muborak gazkondensat koni joylashgan. Muborakdan Koson, Qarshi, Buxoro yoʻnalishlari boʻyicha avtobuslar qatnaydi. Baʼzi mahalliy rivoyatlarga koʻra, Muborak nomi Imom Buxoriyning ustozlaridan biri deb sanalgan Abdulloq ibn Mu-borak al-Marvaziyga atab barpo qilingan «Xoʻjamuborak» kddshlogʻi nomi dan olingan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x