MUAZZAMXON

MUAZZAMXON Mirsaid qizi (19a. ning 2-yarmi, Xoʻjand — 1917, Jizzax) — shoira. Muazzamxon oʻzbek va fors mumtoz adabiyoti namoyandalarining ijodi bilan chuqur tanishgan, aruz vaznini mukammal oʻzlashtirgan va har ikkala tilda ham ijod qilgan. Muazzamxonning 1000 misradan ortiqroq devon tartibida tuzilgan gazallari va singlisi Muattarxon bayoziga kirgan sheʼrlari mavjud. Uning gʻazallari uslubning ravonligi, fikrning ravshanligi, ifodaning anikligi b-n ajralib turadi. Sheʼrlarida davr, falakdan norozilik sadolari aks etgan («Falakning javridindur koʻnglima ozor har soat…»). Ammo Muazzamxon «koʻzidan xunoba oqib, hijron har tarafdan qilich tortib» kela-yotgan damlarda ham «matonatli» boʻlishga, «sabrtahammul» bilan yashashga daʼ-vat qilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x