Oʻzbek mumtoz adabiyotida musammat sheʼr shakllarini aniqlash uchun xizmat qiladi. Musammat arabcha soʻz boʻlib, «ipga terilgan marvarid» maʼnosini bildiradi, sheʼr bandlarining turlarini va tartibini anglatadi. Musammatlar sheʼr bandlaridagi misralarning soniga qarab bir necha turli boʻladi. Shulardan biri muashshardir. Muashshar oʻn banddan iborat boʻlib, uning har bir bandi oʻn misradan tashkil topgan boʻladi. Muashsharning birinchi bandi, yaʼni oʻn misra oʻzaro qofiyalanadi. Qolgan bandlarning soʻnggi ikki misrasida birinchi banddagi qofiya tizimi saqlanib qoladi (a-a-a-a-a-a-a-a-a-a, b-b-bb-b-b-b-b-a-a).
Oʻzbek sheʼriyatida Nodiraning «Firoqnoma»si muashshar janrining yuksak namunasi hisoblanadi.
Nazira GʻULOMOVA
“Ona tili va adabiyot” (“Sharq” nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati, Toshkent – 2014) darsligidan.
https://saviya.uz/ijod/adabiyotshunoslik/muashshar-haqida-malumot/