MOʻYNOQ TUMANI

MOʻYNOQ TUMANIQoraqalpogʻiston Respublikasining shim. dagi tuman. 1931-y. 19 sent. da tashkil etilgan. Amudaryo deltasi, Orol dengizining jan. dagi hududlarni egallaydi. Qoraoʻzak, Chimboy, Boʻzatov tumanlari, Krzogʻiston Respublikasining Oqtoʻba, Qiziloʻrda viloyatlari bilan chegaradosh. Mayd. 37,94 ming km2. Aholisi 28,8 ming kishi (2003). Tumanda 5 ovul fukarolari yigʻini (Boʻzatov, Madali, Tikoʻzak, Uchsoy, Qozoqdaryo), 1 shahar (Moʻynoq) bor. Markazi — Moʻynoq sh. Tabiati . Tuman hududining aksari qismi Orol dengizining qurigan tubi (Orolqum) va Amudaryo deltasidagi kullardan iborat. Tumanning xoʻjalik va madaniy markazi — Moʻynoq sh. Keyingi yillarda deltadagi ilgari suv bosib yotgan ayrim yerlar oʻzlashtirilib, ekinlar ekilmoqda. Qurilish materiallaridan tosh, qum, gil bor. Iklimi keskin kontinental. Yanv. ning oʻrtacha t-rasi —7,4°, iyulniki esa 26,3°. Vegetatsiya davri 213 kun. Yillik oʻrtacha yogin 105 mm, asosan, bahor va qishda yogʻadi. Tumanda Sudochye, Kavsir, Zokirkoʻl, Sarikoʻl, Shegekda va bir kancha mayda koʻllar bor. Amudaryoning Orolga quyilish qismi ham shu tuman hududida. Tuproklari botqoq-oʻtloqi, allyuvial qayir tuprogʻi. 148,3 ming ga yer oʻtloq va yaylov (asosan, qamishzor). Yovvoyi oʻsimliklardan qamish, qoʻgʻa, chiy, turangʻil, terak, jiyda, yulgʻun, bugʻdoyiq, yantoq va b. oʻsadi. Moʻynoq tumani Oʻzbekistondagi hayvonot dunyosiga boy tumanlardan. Baliqning 30 dan ortiq turi bor (zogʻorabaliq, oqmarqa, choʻrtan, laqqa, taran, olabuga, sudak, toʻrta, burge, baqra, pilmay, amur baligʻi, yalpoqburun, chavoq, ilonbosh va b.) Ondatra ayniqsa, katta ahamiyatga ega. Qushlarning 80 dan ziyod turi (oʻrdak, gʻoz, qirgʻovul, oqqushlar, birqozon, qoʻton, qoravoy, chagʻalay, churalay va b.), sut emizuvchilardan qobon, boʻri, chiyaboʻri, boʻrsiq, quyonlar bor.

Aholisi koʻp millatli. Qoraqalpoq, oʻzbek, qozoq, rus, ukrain, tatar, koreys, va b. millat vakillari yashaydi. Aholining oʻrtacha zichligi 1 km2 ga 1 kishidan koʻproq.

Xoʻjaligi. Tumanda baliqchilik va chorvachilik xoʻjaliklari mavjud. Sanoat korxonalari Amudaryo deltasidagi Moʻynoq, Uchsoy, Qozoqdaryo, Poʻrlitov, qisman Qoʻngʻirotda joylashgan. Umumiy ekin mayd. 1323 ga. Shundan 938 ga gʻalla (asosan, bugʻdoy, sholi), 80 ga kartoshka, sabzavot va poliz, 305 ga maydoni yem-xashak ekinlari bilan band (2003). Tuman jamoa va shaxsiy xoʻjaliklarida 9,6 ming qoramol, 750 ga yaqin ot bor (2003). Darrandachilik (ondatra, tulki, suvsar) bilan ham shugʻullaniladi. Tumanning asosiy transporta suv transportidir. Havo va avtomobil transportidan foydalaniladi. Qoʻngʻirot — Beynov t. y. tumanni Qozogʻiston va RF bilan bogʻlaydi. Tumandagi 13 dan ziyod umumiy taʼlim maktabida 5770 oʻquvchi taʼlim oladi, Moʻy-noq sanoat transport kasb-hunar kolleji (507 oʻquvchi), Moʻynoq biznes maktabi (145 oʻquvchi) faoliyat koʻrsatadi (2003). 40 ga yaqin kutubxona, 20 ga yaqin klub bor. 20 dan ziyod tibbiy muassasada 40 vrach ishlamoqda.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x