MOʻMIN (arab. — eʼtiqod qiluvchi, dinga ishonuvchi) — ilk islom davrida Madina jamosi (q. Umma) aʼzosi. Sharʼiy amallarni toʻkis bajaruvchi shaxs esa muslim deb atalgan. Moʻmin va muslim lugʻaviy jihatdan bir-biridan tafovut qilingan. Keyinchalik ular bir mazmunda tushuniladigan boʻlgan. Qurʼ-onda Moʻmin soʻzi Allohning sifati va dindor eʼtiqodining ichki, axloqiy tomonini aks ettiruvchi alohida tushuncha sifatida qoʻllanilgan. Moʻmin — oddiy xalq tilida yuvosh, muloyim odam degan maʼnoni ham bildiradi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые