DO`STLARGA ULASHING:
#internet #security #maslahat
? Mozilla Firefox brauzerida saytga kirishni bloklash
Hozirda Firefox’da (https://telegra.ph/file/b808ccceacb7251412f30.png)saytlarni bloklash uchun o‘rnatilgan (ya’ni brauzer bilan birga keluvchi) vosita mavjud emas, biroq ushbu ko‘rsatmamizga muvofiq qo‘shimcha kengaytmani o‘rnatib, ushbu imkoniyatdan foydalanishingiz mumkin:
1. Firefox (https://www.mozilla.org/ru/firefox/new/) brauzerini ishga tushiring.
2. Brauzerning menyusiga o‘ting.
3. “Дополнения” menyu bandini tanlang.
4. Ochilgan qidiruv satriga “BlockSite”ni (qo‘shtirnoqlarsiz) kiriting.
5. Qidiruv tugmasini bosing, tizim bir nechta plaginlar variantlarini taklif etadi.
6. “BlockSite” plaginini tanlang va o‘ng tomonda joylashgan “+ Добавить в Firefox yoki Установить” tugmasini bosing.
7. So‘ngra plagin tavsifi yuqorisida sizib chiquvchi panelda keltirilgan “Добавить” tugmasini bosish orqali usbu vositaning yuklab olishini lozimligini tasdiqlang.
8. Keyingi yuklangan oynada “Принимаю” tugmasini bosing.
9. Yana menyu ro‘yxatini oching va “Дополнения” bandiga o‘ting.
10. “Расширения” ustiga bosing va “BlockSite” plaginini toping.
11. Undan o‘ng tomonda joylashgan “Настройки” ustiga bosing.
12. Ochilgan sozlamalarda birinchi satrdagi barcha bandlarga maxsus belgilarni (qushcha, галочка) o‘rnating va o‘ng tomondagi “Blacklist”ni tanlang.
13. “Add”ni bosing.
14. Ochilgan oynadagi “Location” bandida sayt manzilini kiriting.
15. Shundan keyin sayt “Blacklist” qora ro‘yxatida paydo bo‘ladi.
16. “OK”ni bosing.
Sayt brauzeringizda bloklanadi. Shuningdek qora ro‘yxatda siz bloklanayotgan sayt uchun izoh keltirishingiz mumkin. Unda, masalan, bloklash sababini keltirib o‘tsangiz bo‘ladi.