Post Views:
18
MOYTEPA – shahar xarobasi (7-13-asr boshi). Toshkentning janubi-g‘arbiy chekkasida, Zangiotada joylashgan. Dastlab (1934) arxeolog G.V.Grigorev tomonidan o‘rganilgan. 1948 yil Moytepadan tangalar topilgan, ulardan 2 tasi Banokatning qoraxoniylar sulolasiga mansub mahalliy hokimi tomonidan 12-asr oxiri – 13-asr boshida zarb etilgan, uchinchi tanga oltindan yasalib, 13-asr oxiri – 14-asr boshiga oid. Moytepani 1953 va 1954 yillarda arxeologlar S.B.Lunina va Z.I.Usmonova tadqiq etishgan. Turar joy qoldiqlari, yashil rang bilan sirlangan sopol idishlar, munchoqlar (9-12-asrlar) topilgan. Moytepadagi hayot keyingi asrlarda ham davom etib kelgan.
«Toshkent» ensiklopediyasi. 2009 yil
https://shosh.uz/uz/moytepa-2/