Tarjimai hol
Notanziy Isfaxon (Eronda) yaqinidagi Notanz qishlog‘ida XIV asrning ikkinchi yarmida tavallud topgan. Davlatshoh Samarqandiyning “Tazkirat ash-shuaro” (Shoirlar tarjimai holi) asarida keltirilishicha, Muhammad Notanziy XV asrning boshlarida Sherozda, Amir Temurning nabirasi Mirzo Iskandar saroyida yashagan, Haydar Xorazmiy, Hofiz Xorazmiy va boshqalar bilan zamondosh bo‘lgan. Notanziy 1414 yildan Hirotda (Afg‘oniston) yashaydi. XV asrning birinchi yarmida vafot etgan.
1413-1414 yillarda yozilgan “Muntahab at-tavorixi Muyniy” (“Muyniyning tanlangan solnomasi”) asari “Iskandar noma’lumi” nomi bilan mashhur. Mazkur asar qadim davrlardan Amir Temur Markaziy Osiyo va qo‘shni davlatlarni bosib olishi va vafotigacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi.
Ushbu asar muallifi Amir Temurning zamondoshi bo‘lish bilan birga, ko‘plab voqealar shohidi bo‘lgan, tarixiy hodisa guvohlari bilan suhbatlashgan va shu sabab, kerakli ma’lumotlarga ega bo‘lgan. Mazkur davrning boshqa manbalari bilan solishtirganda, Amir Temurning yoshlik va o‘spirinlik davri bilan bog‘liq ayrim muhim hodisalar kengroq yoritilgan. Asarda, shuningdek, Amir Temurning jang san’ati, u vaqtlar fodalanilgan harbiy atamalar, shuningdek, harbiy hujum uslublari haqida yangi ma’lumotlar mavjud.
“Muntaxab at-tavarixi Muini” qo‘lyozmasining ko‘chirma nusxalari Angliya, Fransiya, Rossiya va Eron kutubxonalarida saqlanadi. XIII-XIV asrlar tarixiga bag‘ishlangan asarlarining bir qismi ushbu davr tarixini o‘rganishda muhim ahamiyat kasb etadi va shu sababli, ularning tanqidiy matni fransiyalik sharqshunos J. Oben tomonidan 1957 yil Texronda chop etilgan. Shuningdek, mazkur asarning ba’zi ko‘chirmalari fransuzs, o‘zbek va boshqa tillarga tarjima qilingan.