MOTTELSON (Mottelson) Benjamin (Ben) Rey (1926.9.7, Chikago) — kelib chiqishi amerikalik boʻlgan daniyalik fizik. Perdyu untini (Indiana shtati) tugatgan (1947). 1951-y. da Daniyaga koʻchib kelgan. Yevropa yadro tadkikotlari markazida ishlagan (1953—57). Kopengagendagi Nordit nazariy atom fizikasi in-ti prof. (1957-y. dan), 1981-y. dan direktori. Ilmiy ishlari yadro fizikasiga, asosan, yadro nazariyasiga bagʻishlangan. O. Bor bilan hamkorlikda yadroning kollektiv modelini ishlab chiqqan. Nobel mukofoti laureati (O. Bor va D. Repnuoter bilan hamkorlikda; 1975).
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые