MOSKVA KONSERVATORIYASI, P. I. Chaykovskiy nomidagi Moskva davlat konservatoriya s i — Rossiyadagi eng yirik musiqa oʻquv yurti. Rus musiqa jamiyati tomonidan, N. Rubinshteyn (M. k. ning birinchi direktori) tashabbusi bilan 1866-y. da ochilgan. Kompozitor va musiqashunoslar, operasimfonik va xor dirijyorlari, xonanda, sozandalar tayyorlovchi va malaka oshirish f-tlari, aspirantura, bir nechta lab. lar, ilmiymusiqiy kutubxona, turli ijodiy jamoalar bor (2002). Moskva konservatoriyasida taʼlim olganlar orasida S. Raxmaninov, A. Skryabin, S. Rixter, L. Kogan, Moskva konservatoriyasi Rostropovich kabi yirik rus musiqa arboblari hamda milliy kompozitorlik maktabi asoschilari — 3. Paliashvili, A. Spendiarov, A. Xachaturyan, oʻz faoliyatini oʻzbek musiqasi b-n bogʻlagan A. Kozlovskiy, B. Nadejdin, G. Mushel, Ya. Pekker, N. Yablonovskiy, R. Glier, S. Vasilenko va b. bor. Moskva konservatoriyasi qrshida 1930—50 y. lar Moskva oʻzbek opera studiyasi faoliyat koʻrsatgan. Moskva konservatoriyasida oʻzbek kompozitorlaridan M. Burbonov, S. Yudakov, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artistlar P. Holiqov, A. Ikromov, dirijyorlar 3. Haqnazarov, N. Olimov, xonandalar I. Jalilov, Q. Muhitdinov, sozandalar Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist, prof. A. Sharipova, xalqaro tanlovlar laure-atlari N. Ahmedova, V. Sultonov, E. Mirqosimova, Oʻzbekiston milliy konservatoriyasi professorlari V. Poʻlatov, A. Hoshimov, B. Qurbonovlar taʼlim olgan Juda koʻp musiqashunos va ijrochilar malaka oshirgan.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые