MOSKVA BUYUK KNYAZLIGI — poy taxti Moskva sh. boʻlgan yagona Rusdavlatining hududiy markazi. 14-a. boshlarida Moskva knyazligi Kolomna (1301), Pereyaslavlzalessk (1302), Mojaysk (1303) lar qoʻshilib ancha kengaygan. Vladimir ulugʻ knyazligidan 13-a. ning 60—70-y. larida ajralib chiqqan va Shim.-Sharqiy Rusning yirik davlatiga aylangan. Moskva buyuk knyazligining yuksalishida deqqonchilik, hunarmandchilik va savdoning rivojlanishi muhim omil boʻlgan. Moskva knyazligi Rus yerida siyosiy ustunlikni qoʻlga olish uchun kurash olib borgan. 14-a. ning 60-y. larida Buyuk knyazlik unvonini D. I. Donskoy oʻz qoʻliga olgan (1359—89). Shu vaqtdan boshlab Moskva moʻgʻul istilochilariga qarshi kurashuvchi kuchlarning markaziga aylangan. 1380-y. Kulikovo jangitsan soʻng, Moskva buyuk knyazligining rus yerlarini birlashtirishdagi markazlik roli mustahkamlangan. 15-a. ning 1-choragida rus knyazlari oʻrtasida oʻzaro urushlar boshlangan, u Vasiliy If Tyomniy gʻalabasi bilan tugagan. Moskva buyuk knyazligi yangi tashkil topayotgan va markazlashgan Rus davlatining negizi boʻlib qolgan.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые