MORFONOLOGIYA (morfologiya va fonologiya) — turli morfemalarning fonologik tuzilmasini va fonologik farklanishlarning morfologik mak,sadda qoʻllanishini ilmiy tadqiqetuvchi tilshunoslik boʻlimi. Morfonologiya — fonologiya va morfologiya oraligʻidagi til bosqichi boʻlib, bu terminni birinchi marta ruschex tilshunosi N. S. Trubeskoy taklif etgan. Bunda Morfonologiya bir mor-femadagi turli fonemalarning almashinuvi sifatida juda tor izohdangan. Morfonologiyaga keng maʼnoda karalganda, u:
1) soʻz va morfemalarning fonologik tarkibi hamda oʻzak va affiksal morfemalarning oʻzaro farklanishini nazarda tutadi;
2) soʻz yasash va soʻz shakllarini yasash jarayonida morfemalar va ularning bir-biriga ulanishida boʻladigan turli oʻzgarishlarni eʼtiborga oladi;
3) morfemalar oraligʻidagi va chegaraga ajratishdagi turli xususi-yatlarni Morfonologiyada oʻrganadi. Morfemalardagi fonemalar almashinuvi mor-fonema deb yuritiladi. Mas, tara — taroq soʻzlari a/o, sez — seskanmoq soʻzlari z/s morfonemasiga ega. Morfonologiya urgʻuning morfologik vazifa bajarishini ham nazarda tutadi: olma (ot, mevaning turi), olma (feʼlning inkor shakli) soʻzlari urgʻuning oʻrni bilan farklanadi. Morfonologiya baʼzi tillarda koʻproq (slavyan), baʼzilarida esa kamroq (turkiy tillarda) boʻlishi mumkin.
Abduzuhur Abduazizov.