1970 yillarda bizlarga saboq bergan A. Ayupov, G. N. Soksonova, A. Shomaqsudov va Yu. A. Morits singari domlalarimizga imtihon topshirgani ancha-muncha talabalarning yuragi dov bermasdi. Ayniqsa rus tili fani boʻyicha oʻqitiladigan fanlardan Toʻra aka ham oʻzimiz qatori edi. Yuriy Aleksandrovich Morets Nekrasovning ijodi boʻyicha taniqli mutaxassislardan biri edi. Oʻsha kezdagi kuratorimiz Karim Saodatovdan Toʻra aka ikkinchi marta yoʻllanmani olgach, Talʼat Soliyev ikkimiz ogʻaga jilovdor boʻlib Xadradagi jurnalistika fakultetining ikkinchi qavatidagi imtihon olinayotgan xonani topdik. Kun issiq boʻlgani uchun eshikning qanotlari ochiq turardi. Domla Toʻra akaga koʻzi tushdi, shekilli, ichkariga taklif qildi. Quloqlarimiz ding.
– Tovarishʼ Suleymanov, berite bilet, – dedi Toʻra aka stolga terib qoʻyilgan biletlardan birini koʻtardi.
– Kakoy bilet?
– Shestoy!
– Chto za vopros?
– Morits krasniʼy nos!
– Chto!!! – Oq-sariqdan kelgan domlamizning rangi roʻyi keskin oʻzgarib, – Von otsyuda! – dedi jahl bilan. Talaba hangu mang. Biz kulgidan oʻzimizni tiyolmaymiz. Aka yoʻlakka chiqqach, odatdagiday bizni “Svolochlar!” deya soʻkib, voqeaga aniqlik kiritishimizni soʻradi.
– Siz olgan biletdagi birinchi savol, Nekrasovning “Moroz – krasniʼy nos” poemasi edi. Uni oʻzbek tiliga ustoz Mirtemir domla “Izgʻirin – qizil burun” deb tarjima qilgan. Moroz bilan Moritsni sal almashtirib qoʻydingiz, xolos, – dedik. Akaxonimiz odatdagiday rus tilini “abjagʻini” chiqarganligini tan olib, qotib-qotib kuldi.
Tursunboy Adashboyev
“Ijod olami”, 2018/6
https://saviya.uz/hayot/mashhurlar-hayoti/mores-krasn-y-nos/