MONTALE

MONTALE (Montale) Eujenio (1896.12.10, Genuya – 1981.12.9) – italyan shoiri va tanqidchisi. 20-y. lar — 40-y. larning 1-yarmida germetizm — oʻziga xos belgilari xavotir, gʻam-alam, fojiaviylik, ayni paytda – fashizmni tan olmaslikdan iborat adabiy oqimning tarafdori boʻlgan. Montale sheʼriyati mazmunining boyligi va murakkabligi bilan ajralib tursada, shakliy murakkablik unga xos boʻlmagan. Birinchi sheʼrlar toʻplami — «Karakatitsa kosachasi» (1925) oʻsha davr italyan sheʼriyatidagi anʼanaviy usullarda yozilgan. Montale «Bojxonachining uyi» va boshqa sheʼrlar» (1932), «Holatlar» (1939), «Finisterre» (1943) va b. asarlar muallifi. Urushdan keyingi yillarda maʼlum darajada germetizm koʻrinishlaridan qutula olgan («Boʻron va boshqa sheʼrlar», 1956; «Satura», 1972; «Toʻrt yillik daftar», 1977). Musiqa va adabiyot sohalari tanqidchisi boʻlgan. Nobel mukofoti laureati (1975).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x