MONROVIYA — Liberiya poytaxti (1847-y. dan). Montserrado grafligining maʼmuriy markazi. Sent-Pol daryosining Atlantika okeaniga quyilish yerida joylashgan. Aholisi 450 ming kishidan ziyod. Iklimi subekvatorial, yanv. ning oʻrtacha t-rasi 28°, iyulniki 25°. Yiliga 4800 mm dan ortiq yogʻin yogʻadi. Monroviya — yirik port (yillik yuk ortib-tushirish 12 mln. t). T. y. va avtomobil yoʻllari tuguni. Chetga temir rudasi, kauchuk, palma mevasi magʻzi va moyi chiqariladi. 2 aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Mamlakat sanoat korxonalarining 60% M. da joylashgan. Asosiy sanoat tarmoqlari: oziq-ovqat, yengil, neftni k,ayta ishlash, kimyo. Yogʻochsozlik va qurilish materi-allari i. ch. ham rivojlangan. Shaharga 1822-y. da AQSHda qullikdan ozodlikka chiqib koʻchib kelgan negrlar tomonidan asos solingan va AQSH prezidenta J. Monro (1758—1831) nomi bilan atalgan. Monroviyada davlat unti, kutubxona, milliy muzey va va b. bor.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые