MONOMERLAR (mono… va yun. meros — qism) — molekulalari oʻzaro taʼsirlanib (polimerlanish yoki polikondensatlanish) yoki boshqa moddalarning molekulalari bilan reaksiyaga kirishib polimerlar hosil qiladigan quyi molekulali moddalar. Polimerlanishda qatnashuvchi koʻpchilik Monomerlar quyidagi ikki sinfdan biriga taallukdi boʻladi:
1) karrali bogʻlar S=S, S=S, S=O, C=N va b. ning buzilishi natijasida polimerlanuvchi birikmalar (olefinlar, diyen va atsetilen uglevodorodlari, aldegidlar, nitrillar va h. k.);
2) siklik guruxdarning buzilishi natijasida polimerlanuvchi birikmalar, mas, olefin oksidlari, laktamlar, laktonlar. Funksional guruhi bor boʻlgan birikmalar (mas, dikarbon kislotalar, aminokislotalar, glikollar, fenollar, diaminlar) ham Monomerlar sifatida ishlatilishi mumkin. Sopolimerlanish yoki sopolikondensatlanish reaksiyalarida ishtirok etuvchi Monomerlar somonomerlar deb ataladi.