MONOFTONG

MONOFTONG (mono… va yun. phtongos — ovoz, tovush) — unli tovushlarning artikulyatsion-akustik belgilariga koʻra, bir xillikka ega boʻlishi, yaʼni artikulyatsiya davomida turgʻun talaffuzga ega boʻlgan, bir holatdan ikkinchi holatga koʻchmaydigan tovushlar. Aynan shu xususiyatlari bilan ular diftong (ikki unlining bir boʻgʻin hosil qilishi) va triftong (uch unlining bir boʻgʻin qosil qilishi)lardan ajralib turadi. Biroq Monoftong larning bir xilligi nisbiy boʻlib, koʻp hollarda unlini oʻrab turgan undoshlarga ham bogliq. Odatda, koʻpgina tillarning unlilar tizimida Monoftong asosiy oʻrinni egallaydi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x