MONATSIT (nem. monazit, yun. monazo — yakka yashayman) — mineral; seriy guruhiga mansub nodir yer elementlari fosfati. Kimyoviy tarkibi (Ce,La…) [Ro4]. Monoklin singoniyali. Koʻpincha turli qoʻshimchalari boʻladi, bulardan asosiylari: TYU2(28% gacha), SiO2 (6% gacha), V2O5(5% gacha) va b. Plastinkasimon, baʼzan qalin taxtachasimon kristallar, turli shaklli donachalar, donachali massalar hosil qiladi. Koʻpincha kuchli radioktiv. Rangi sariq, sariqyashildan qoʻngʻir, qizil-qoʻngʻirgacha. Kattikligi 5—5,5, zichligi 4,9—5,5 g/sm3. M. konlari, odatda, granitli pegmatitlar b-n, baʼzan ishuriy granit, siyenitlarda gidrotermal karbonatli tomirlar b-n bogʻliq.
Monatsit, asosan, daryo va dengizdagi sochmalardan (Hindiston, Braziliya, Shri Lanka) olinadi. Oʻrta Osiyo, jumladan, Oʻzbekistonda Chorkesar, Oqtov va Chatqol-Kurama togʻlarida va b. joylarda aksessor koʻrinishida kup uchraydi. Seriy va toriy olishda xom ashyo.