MON-KXMER TILLARI

MON-KXMER TILLARI — «anʼana viy mon-kxmer tillari» deb ataluvchi va butun Xindixitoyda, Tailand va Myanmada, Xitoyning jan. hududlarida tarqalgan tillar guruqi. M.-k. t. da soʻzlovchi xalqlarning eng yiriklari kxmerlar (7 mln. kishidan ortiq), moilar (500 mingdan ortiq) va kuylar (500 mingdan ortiq)dir; qolganlarining soni 100 mingtagacha yetmaydi /1987). M.k. t. ning chegarasi, miqdori haqida yagona fikr yoʻq. Koʻpchilik tadqiqotchilar, kxmer, mon, pear, shim. baxnar, jan. baxnar, gʻarbiy baxnar, katu, kxmu, palaung guruhchalarini Mon-kxmer tillariga kiritadilar.

Anʼanaviy M.-k. t. da soʻz oʻzgartuvchi qoʻshimchalar yoʻq. Sintaktik munosabatlar soʻz tartibi va yordamchi soʻzlar orqali ifodalanadi. Sodda ran qurilishida ega avval, kesim undan keyin, toʻldiruvchi esa kesimdan soʻng joylashadi. Ularning oʻrin almashuvi ran mazmuniga taʼsir qilishi mumkin. Anʼanaviy M.-k. t. umumiy lugʻat tarkibida tay, avstronez, hind-oriy, xitoy va b. tillardan oʻzlashgan soʻzlar anchagina. M.-k. t. dan kxmer va mon tillari qadimdan oʻz yozuvlariga (hind yozuvidan kelib chiqqan) ega boʻlgan tillardir; qolganlari esa oʻz yozuviga ega emas yoki yaqindagina ega boʻlgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x