Tarjimai hol
U o‘zbek adabiyotiga 80-yillarda kirib kelgan. Abdulla Oripov, Erkin Vohidov, Omon Matjon, Halima Xudoyberdiyeva kabi ijodkorlardan ilhomlangan. Ular shoiraning ustozlari bo‘lib, unga shaxsiy, betakror badiiy uslubini topishda yordam ko‘rsatishgan. Har yangi to‘plami chiqqanda, hijolari sayqallanar va she’rlari chuqur ma’noga to‘lardi. Boshqa yosh shoir shogirdlar orasida u doim ajralib turgan.
Zulfiya Mo‘minova 15 iyul kuni Samarqand viloyatining Narpay tumanida tug‘ilgan. O‘zining tarjimai xolida yozishicha, Horatov tog‘ining yon bag‘rida joylashgan so‘lim qishlog‘i go‘zal tabiati bilan mahliyo qiladi. Bu yerda xalq ijodini juda yaxshi tushunadigan va ijro etib bera oladigan insonlar yashaydi. Bolaligimdan Mo‘min oqin bobom bir necha soatlab dostonlar kuylashlarini eshitardim. Yillar o‘tdi, ko‘p suvlar oqib ketdi, ammo xalq og‘zaki ijodi hanuz she’rlarimda jaranglaydi.
ToshDUning filologiya fakultetini yakunlaydi (1983). So‘ngra, “Saodat” jurnali hamda radioda ishlashni boshlaydi.
Ilk she’riy to‘plami “Vatan tashlab ketmaydi” 1988 yil chop etilgan. Shundan so‘ng, 1988 yil “Beshiklarni asragin”, 1993 yil “Yonayotgan ayol”, 1997 yil “Azizim, baxtiyorman” kabi she’riy to‘plamlari bosmadan chiqdi. Ayniqsa, “Yonayotgan ayol” to‘plami kitobxonlarga manzur keldi.
2000 yil Zulfiya “Do‘stlik” sharafli ordeni bilan mukofotlanadi.
She’rlarida u insoniy mehr, tabiatning ahamiyati, qalb kengligi va onalik sevgisi haqida yozadi. O‘z she’rlarida u, shuningdek, qora yurakli rahmsiz insonlarni qattiq so‘z ila belgilaydi.
Masalan:
Dunyo yaxshi dedim, dunyo gul, dedim,
Dunyo yomon, dedi yomonlar.
Yaxshilarga yetib kelguncha
Yuragimni yedi yomonlar.
1997 yil “Azizim, men baxtliman” she’riy to‘plami omma yuzini ko‘rdi.