MOMAQALDIROQ

MOMAQALDIROQ — qisqa vaqt davom etadigan, chaqmoq chaqib, elektr razryadiyashin bilan kuzatiladigan atmosfera hodisasi; yashin yoʻli boʻylab havoning tezda isib kengayishidan hosil boʻladigan portlash toʻlqini. Momaqaldiroq vaqtida bulutlar orasida yoki bulut bilan Yer orasida yashin paydo boʻlib, qattiq gumburlagan tovush chikddi. Tovush yashin yoʻlining har xil nuqgalaridan kuzatuvchiga bir vaktda kelmaydi, balki bulut bilan Yer sirtida bir necha marta qaytib, har xil vaktda kelgani uchun gumburlash davomli boʻladi. Momaqaldiroq, odatda, 15—20 km gacha eshitiladi. Momaqaldiroq yomgʻirli bulutlarda hamda namlikka toʻyingan, harakatchan havo massasida vujudga keladi. Yomgʻirli bulutlarning bal. 7—15 km, yuqori qismi t-rasi 15° —20° dan oshmaydi. Ular suv tomchilari va muz kristallaridan iborat. Momaqaldiroq li bulutlarning hajmi bir necha yuz km1 dan ming km3 gacha boʻlib, undagi suv va muz zarralarining massasi 106 — 107 t, potensial energiyasi 1013—10ʻ4 J, yaʼni megaton quvvatli termoyadro bombasining energiyasiga teng. Momaqaldiroq dagi elektr zaryadi 10—100 Kl, orasidagi masofa 1—2 km dan 10 km gacha, elektr razryadlari vaqtida elektr toki kuchi 10— 100 A gacha yetadi. Sayyoramizda bir vaktda 1800 tagacha Momaqaldiroq kuzatilishi mumkin. M shim. ken-gliklarda juda kam buladi, lekin yoz oylarida Markaziy Arktikada ham kuzatiladi. Oʻrta kengliklarda yilning 10 — 15 kuni Momaqaldiroq bilan oʻtadi. Momaqaldiroq yezda quruqpikda, qishda okeanlar ustida koʻp boʻladi. Momaqaldiroq subtropik yerlarda juda kam boʻlib, ek-vatorda havo harorati yuqori, namligi katta boʻlgan paytlarda kuchli oʻtadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x