MOLEKULYAR MASSA

MOLEKULYAR MASSAkimyoviy birikma molekulasining uglerod birligi (uglerod nuklidi |2S at. m. ning ʻ/|2 qismi)da ifodalangan massasi, molekulani tashkil qilgan elementlar at. m. larining yigʻindisi. Baʼzan maʼlum tarkibli turli moddalar aralashmasi uchun ham mol. m. aniqlanadi. Mas, havo, garchi bir qancha gazlar aralashmasidan iborat boʻlsa ham, uning oʻrtacha mol. m. bor. Havoning hisoblab topilgan oʻrtacha mol. m. 29 ga teng. Molekulyar massa — moddaning asosiy tavsiflaridan biri. U, shuningdek, polimer moddalarning xossalarini belgilovchi asosiy omildir. Molekulyar massa, asosan, bugʻning zichligini oʻlchash orqali, osmotik bosim orqali (Vant—Goff krnuni asosida), bugʻ bosimining tushishi, eritmalarning toza erituvchiga nisbatan muzlash t-rasi pasayishi (krioskopiya) yoki kaynash t-rasi koʻtarilishini (ebuli-oskopiya) oʻlchash orqali topiladi. Uchuvchan moddalarning mol. m. mass-spektrometriya usulida, turli birikmalar aralashmasining mol. m. xromatomass-spektrometriya usulida aniqlanadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x