MOLDIBOYEV Abdilas [1906.24.6 (7.7), Qirgʻiziston, Kemin tumani — 1978.31.5, Bishkek] — qirgʻiz kompozitori va xonanda (tenor). Qirgʻiziston xalq artisti (1937), qirgʻiz kompozitorlik musiqasi asoschilaridan. Moskva konservatoriyasida taʼlim olgan (1940—41 va 1947—50). Qirgʻiziston musiqali drama teatrida (1933-y. dan), Qirgʻiziston opera va balet teatrida (1942-y. dan) xonanda. Qirgiziston kompozitorlar uyushmasi raisi (1939 — 67). V. Vlasov, V. Fere bilan xamkorlikda «Oychurek» (1939), «Manas» (1946) birinchi qirgʻiz operalari, A. Veprik, M. Abdrayev b-n hamkorlikda Qirgʻiz davlat madhiyasi (1946), «Toʻxtagʻul» operasi (1958) ni yaratgan. Ommaviy va bolalar qoʻshiqlari, romanslar, xor asarlari muallifi. Musikali drama va operalarda Kulchoronun, Sirgak («Oychurek», «Manas»), Teltey («Aydar va Oysha», A. Omonboyev va b.), Asker («Arshin mol olon», U. Hojibekov), Toʻle-gen («Qiz Jibek», Ye. Brusilovskiy) va b. partiyalarni maxrrat bilan ijro etgan. Toʻxtagʻul nomidagi Qirgʻiziston Davlat mukofoti laureati (1970). Kirgiz opera va balet teatriga Moldiboyev nomi berilgan.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые