Tarjimai hol
Mohlaroyim Nodira — XIX asrning birinchi yarmi o‘zbek adabiyotida alohida o‘rin tutgan eng ko‘zga ko‘ringan shoiralardan biri. U ona she’riyati an’analarini davom ettirib, o‘zbek, fors-tojik tillarida she’rlar yaratgan. U “Nodira” va “Komila” taxalluslari ostida ijod qilgan.
Mohlaroyim Nomida — o‘zbek shoirasi, qo‘qonlik mumtoz adabiyoti namoyondasi, Andijon hokimining qizi, Qo‘qon hukmdori, shoir, shoirlar va olimlar homiysi Umar xonning xotini. Uvaysiy va Mahzunalar bilan bir qatorda, qo‘qon ayollar she’riyatining namoyondalaridan hisoblanadi.
O‘zbek tilida Nodira, fors-tojik tillarida Komila yoki Maknuna taxalluslari ostida ijod qilgan.
Nodiraxon 1792 yil o‘zbeklarning ming sulolasidan bo‘lmish Andijon hukmdorining oilasida dunyoga keldi.
Yoshligida tarix va adabiyot sohalarida ajoyib ta’lim olib, nafaqat o‘zbek, balki fors-tojik tillarini ham mukammal egallagan. Qo‘qon xonligining hukmdori Umar xonning xotini bo‘lish bilan birga, shoira hayotining katta qismini Qo‘qon saroy amaldorlari doirasida, adabiyot shinavandalari va homiylari orasida o‘tkazib, shoir, Amir taxallusi ostida ijod qilgan turmush o‘rtog‘i bilan she’riy aytishuvlarda ishtirok etgan. Umar xon 1822 yil, Nodira 30 yoshligida vafot etgan. Nodira o‘zining 12 yasharli o‘g‘li, taxtga o‘tirgan Madali xonga vasiy bo‘ladi.
Nodira zamondoshlarining (Hakimjon, Xatif, Mushrif va boshqalar) tarixiy va adabiy asarlarida shoiraning jamiyat va madaniyat hayotida san’at homiysi sifatida ijodiy ishtirok etganligi haqida ma’lumotlar bor. Nodira fan va adabiyot rivoji uchun ko‘maklashadi, madrasalar, karvon saroylar, savdo qatorlari qurilishida ishtirok etgan. U farzandlarining muallimasi, shoira Uvaysiyga nisbatan alohida ishonch va do‘stlik xissini tuygan. Nodiraning butun hayoti va ijodi xalq ma’naviyati sari xayrixoh achinish bilan yo‘g‘rilgan. U jamiyatning ma’naviy hayotidagi adabiyot o‘rnini yuqori qo‘ygan.
Nodiraning hayoti fojiali yakun topadi. Siyosiy fitnalar natijasida, shoira diniy aqidaparastlar tomonidan faxsh ishlarda ayblanib, o‘g‘illari Muhammad ali hamda Sulton Mahmudlar bilan 1842 yil Qo‘qon xonligini Buxoro amirligiga birlashtirib olgan Buxoro amiri Nasrullo tomonidan vahshiyona o‘ldiriladi.
O‘z ijodida, zamonasining boshqa shoirlari singari Nodira ham o‘zbek adabiyotining asosichisi Alisher Navoiyning insonparvarlik merosiga yuzlanadi.
Nodira ham o‘zbek, ham fors-tojik tillarda she’rlar yaratgan. Uning qo‘lyozma devonlarida turli lirik janrlar uchraydi — g‘azallar, muxammaslar, musaddaslar, musammanlar, tarjibandlar va boshqalar. Uning bir nechta “Ayriliq qo‘shiqlari” mavjud. Uning she’riy devoni — sevgi, sadoqat va halollik madhiyasidir. So‘fiylik davralarining ma’lum bir ta’siri ostida bo’lgan Nodira o‘z zamonasiga nisbatan o‘ta taraqqiyparvar bo‘lib, o‘zini avvalam bor Inson ekanligini his etgan, ayollarning nafaqat go‘zalligini, balki ularning aqli, tuyg‘lari, qadrini ham ko‘rishga chaqiran. Uning she’riy devonlarida, axloq tayanchi o‘rnida insonparvarlik g‘oyasi ramziy ma’noda tarannum etigan.
Nodira “Sevgisiz inson — insonmas, // Agar sen odam bo‘lsang — sevgini afzal bil” deb yozgan.
Nodiraning asosiy asarlari XIX—XX asrlarda keng omma e’tiboriga tushib, ko‘plab to‘plamlardan joy olgan.
Nodiraning bir nechta “Ayriliq qo‘shiqlari” ham bor. Ushbu barcha asarlar keng omma e’tiboriga tushib, o‘tgan asrning ko‘plab to‘plamlaridan joy olgan.
O‘zining ijodida Nodira Navoiy va Bedil kabi buyuk shoirlar an’analarini davom ettirgan va insonning ma’naviy go‘zalligini yoritib, unga bo‘lgan muhabbatni tarannum etgan. Nodirani, shuningdek, Navoiyning johillik va xurofotchilik oshkor etilgan hajviy asarlari qiziqtirgan. Shoira yuz berayotgan hodisalarni kuzatgan, illatlarni muhokama qilgan. Biroq, Nodiraning o‘zi yuqori mansabga ega bo‘lib, tabiiyki, mazkur jamiyatda sodir bo‘layotgan barcha ziddiyatlarni chuqur tushunolmagan.
Nodiranig ijodida bir muhim jihat yorqin namoyon bo‘ladi: shoira qat’iy islom tartiblari tomonidan ezilgan ayollarga nisbatan birday e’tiboli bo‘lgan, u ayollarning go‘zalligi, mehribonligi kabi maqtovlarni oshirib yozgan, ular kelajakning porloq kunlariga intilishlarini madh etgan.
Nodira ayollar huquqini himoya qilishga intilgan va adolat hamda insoniylikka chaqirgan. U “yori befarq, baxt o‘zgaruvchan, nolalar javobsiz” bo‘lgan davrlarni yomon ko‘rgan. Nodiraning g‘azallarida do‘stlik, sadoqat va vafo timsollari aks etgan. Nodira “sevgini totmagan — inson emas”, deya ta’kidlaydi. O‘z devonini “Sevgi ko‘zgusi” deb nomlab, “Baxtnoma”sida “sevishganlar yuragi Yaratganning asl mohiyati bilan kelishsalargina oydinlashadi”, deb yozgan.
Nodiraning she’rlari o‘zbek adabiyoti XIX asrining birinchi yarmiga tegishli qat’iy qarashlari bilan belgilangan.
Nodira — o‘ziga xos shoira bo‘lib, Munis, Ogahiy, Xaziq, Gulxon, G‘ozi, Uvaysiy va Mahzunalar kabi o‘z zamondoshlari bilan birga, o‘z davri she’riyatining rivoji va boyishi uchun harakat qilgan. Nodiraning zamondoshlari va izdoshlari uning she’riyatidan ilhomlanib, ajoyib badiiy adabiyot namunalarini yaratishgan. XIX-XX asrlar bo‘sag‘asida yashagan shoira Dilshod shunday yozadi: “Qo‘shiqlarim Nodiraning she’rlari bilan hamohang, ha, va biz u bilan ittifoqlikda kuylaymiz”.
Shoira ijodi o‘zbek adabiyotida unutilmas iz qoldirdi. Nodira porloq kelajak haqida orzu qilgan va o‘z zamondoshlarini ushbu g‘oya sari chorlagan: “Baxtimiz quyoshi ko‘tarilib, zulmat zindoni yakun topishi orzusidaman”.