MO-SZI, Mo Di (mil. av. 479400) — kad. Xitoy faylasufi va siyosiy ar-bobi, mochilar maktabi (mo-szya) ning asoschisi. Mo-szi va uning shogirdlari qarashlari «Mo-szi» (mil. av. 3-a. oxiri — mil. av. 2-a. boshi) kitobida jamlangan. Mo-szi taʼlimotining asosida «umumiy muhabbat va oʻzaro foyda» toʻgrisidagi gʻoya yotadi. Bu gʻoya barcha kishilarning tengligini oʻziga xos axloqiy asoslashga urinishdan iborat. Uning fikricha, bu taʼlimot ideal davlatdagi ijtimoiy hayotning mezoni boʻlib xizmat qilishi kerak. Mo-szi va uning tarafdorlari konfutsiychilikka qarshi gʻoyaviy kurash olib bordilar. Mo-szining mazkur taʼlimoti konfutsiychilarning jamiyatni «oddiy odamlar» bilan «aslzodalar»ga, boshqaruvchi bilan boshqariluvchiga boʻlish qoidalariga qarama-qarshi qoʻyilgan. Mo-szi urushlar davlatlar uchun zararli va foydasiz ekanligi haqidagi fikrni bildirib, oʻzaro nizolarni tinchlik yoʻli bilan yechishga chaqirgan. Mo-szi fikricha, dabdabali marosimlar isrofgarchilikka olib keladi, bu esa davlatning zaiflashishi sabablaridan biridir. Mo-szi oʻtmishga koʻrkoʻrona ergashishga qarshi va utmishdagi narsalardan real voqelikni yaxshilashda oqilona foydalanish tarafdori boʻlib chiqdi. U xalq baxtsaodati va kishilar ehtiyojlarini qondirish davlat boshqaruvining oliy maqsadi boʻlishi kerak, deb hisoblagan. Mo-szi qadimgi Xitoy falsafiy va ijtimoiysiyosiy tafakkuri rivojiga katta hissa qoʻshdi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые