MOʻYNA — moʻynali hayvonlar terisi. Suvsar, oq sichqon, sassiqkoʻzan, ti-yin, tulki, tovushqon, norka, qunduz, ondatra, nutriya, sugʻur, yumronqoziq va b. M. si qadrlanadi. Moʻynaning qishki va baqorgi xillari boʻladi. Sifati juni va terisiga karab belgilanadi. Junining asosiy xossalari: uzunligi, qalinligi, yoʻgʻonligi, elastikligi (mayinligi), rangi, yaltirokligi, pishiqligi; terisining qalinligi, puxtaligi, tigʻizligi, oʻlchami, vazni, issiq oʻtkazuvchanligi va b. M. terisi hamda junining xossalari hayvon tirik vaqtida, shuningdek, shilib olinganidan keyin ham oʻzgarishi mumkin. Hayvonning tirik vaqtidagi oʻzgarishlar ikdim, yil fasli, yashash muhiti, ozikdar va organizmning fiziologik qolatiga bogʻliq. Mavsumiy oʻzgarishlarga qarab, 1, 11, III, baʼzan IV navlariga boʻlinadi. Kishki Moʻyna, kech kuzgisi II, erta kuzgisi va bahorgisi III qamda IV navlarga oʻtadi.
Terini dastlabki ishlash yogʻidan tozalash, eni-boʻyini tortib toʻgʻrilash va quritish, oshlash yoki maxsus reaktivlar b-n ishlab konservalashdan iborat. Koʻp qoʻllaniladigan konservalash usuli hech qanday kimyoviy modda ishlatmay, terini quritishdir. Bunda terilar ramalarga yoki yogʻochlarga tortib quritiladi. Qurigan teri namligi 16—18% boʻlishi kerak. Qalin terilar oshlanadi, keyin quritiladi. Terini hasharot (kuya va terixoʻr)lardan saqlash uchun teri hamda binoga xlorofosning 1% li eritmasi (1 m2 ga 60—100 ml) sepiladi. Moʻyna sifati hayvonni soʻyish, terini shilish, dastlabki ishlov berish va uni saklash rejimiga ham bogʻliq.