MOʻMINOV Akbar Nishonovich

MOʻMINOV Akbar Nishonovich (1935.5.12, Andijon) — raqqos, baletmeysterrej. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1974). Toshkent xoreografiya bilim yurtini (1955), Moskva teatr sanʼati in-tini (1965) tugatgan. Oʻzbekiston ashula va raqs ansamblida (1965—68), Oʻzbek davlat filarmoniyasi va estradasida (1968 — 69), Samarqand opera va balet teatrida (1969—75), «Shodlik» ansamblida bosh baletmeyster (1976—78). 1978—97 y. lar Toshkent madaniyat in-tida pedagog, 1997-y. dan Toshkent milliy rake va xoreografiya oliy maktabida oʻqituvchi, 2001-y. dan «oʻzbek raqsi» kafedrasi mudiri. «Franchesko da Rimini» (P. Chaykovskiy), «Samarqand afsonasi» (G. Mushel), «Gulsanam» (M. Yusupov), «Sevgi taronasi» (F. Bahor) kabi baletlarni, «Zafar» (H. Rahimov), «Oyjamol» (I. Hamroyev), «Tohir va Zuhra» (T. Jalilov, B. Brovsin), «Nodirabegim» (X. Sultonov) singari musiqali drama spektakllarning raqslarini sahnalashtirgan. Moʻminov yirik sahna asarlaridan tashkari ommaviy va yakka raqs sahnalarini yaratgan («Jon Oʻzbekiston» raqs-syuita, «Yigitlar raqsi», «Navroʻz», «Dugonajonim», «Munojot», «Keldimu», «Choʻponlar», «Terimchi qiz», «Hilola» va b.).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x