MNEMOSXEMA — boshqariladigan obyektning boshqarish pulti, shchiti, paneli yoki signal tablosiga oʻrnatiladigan shartli tasviri. Mnemosxema obyektning holatini yoki i. ch. jarayonining borishini yaqqol koʻrsatib turadi. Ishorali (belgili) va yorugʻlikli xillarga boʻlinadi. Boshqariladigan (yoki nazorat qilinadigan) obyekt elementlari umumiy qabul qilingan elektr, texnologik, transport va b. sxemalarda tasvirlanadi. Mac, elektr st-ya M. sida dvigatel va generatorlar doyra b-n, viklyuchatellar kvadrat bilan belgilanadi. Kuchlanishning qandayligiga qarab, bu elementlar turli rangga boʻyab qoʻyiladi. Mnemosxemaning operatorlik va dispetcherlik xillari bor. Operatorlik Mnemosxemasida barcha texnologik komplekslar bir joyga jamlangan boʻladi, dispetcherlik Mnemosxemasida esa koʻp obyektlar va texnik komplekslardan iborat tizim butun territoriya boʻylab taqsimlanadi. Mnemosxema boshqariladigan obyekt murakkab boʻlgan, i. ch. jarayoni koʻp parametrlar boʻyicha nazorat qilinadigan va b. joylarda ishlatiladi. Mnemosxemadan texnika koʻrgazmalarida namoyish qilinadigan modellar va oʻquv qoʻllanmasi sifatida ham foydalaniladi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые