MIZROB MASXARA

MIZROB MASXARA (1848-1918, Shahrisabz tumani Vordon qishlogʻi) — oʻzbek anʼanaviy teatrining atoqli namoyandasi. Boboyor masxarabozga ergashgan. 1878-y. da oʻz toʻdasini tuzgan. Toʻdada Muhammad Diyor, Muhammad Nazar, Buta daroz, Turdiali masxarabozlar, Mavloncha, Muhammadali degan raqqoslar, Avazmurod (doirachi), Ergash surnaychi, Roʻzi karnaychi kabi mashshoqlar uyushgan. Mizrob masxara usta badihagoʻy boʻlib, koʻplab ogʻzaki komediyalar, muqallidlar yaratgan. «Xirmon koʻtarish» komediyasi shu jumladandir. Unda dehqon undirgan hosilning amaldorlar tomonidan talontoroj qilinishi t-ragikomediya vositalarida fosh qilinadi. Eshoni rais (shu nomli asar), qashshoq dehqon («Xirmon koʻtarish»), sartarosh (shu nomli asar), aqlli xizmatkor («Navcha va ogʻolik») va b. rollari bilan tanilgan. Shuningdek, kuldiruvchi, baʼzan yigʻlatuvchi hajviy ashula va oʻyinlari ham mashhur. Qahramonlari xulq-atvorini boʻrttirma soʻz va harakatlar vositasida aks ettirib, hayotiy tiplar yaratish, baʼzi oʻrinlarda psixologik his-tuygʻularni ishga solish Mizrob masxara ijodiga xosdir. Berdiyor Diyorov (1884—1968), Tursunbobo Xoliqov (1893—1966) kabi masxarabozlar Mizrob masxara anʼanalarini davom ettirdilar.

Muhsin Qodirov.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x