MIYON-RUDON, ikki suv orasi — Fargʻona vodiysidagi tarixiy hudud. Oʻrta asrdagi yozma manbalarda tilga olingan, unga Norin va Qoradaryo oraligʻidagi yerlar kiritiladi. Ilk bor Ibn Havqal va Istaxriy asarlarida Miyon-rudon alohida viloyat deb keltirilgan. «Bo-burnoma» asarida ushbu hudud Rabotax oʻrchini yoki Ikki suv orasi deb nomlangan. Manbalardan uning Oʻzgan, Biskend, Sekat, Yettiqishloq, Xaylam, Shikit kabi shahar va qishloklari qayd etilgan. Bulardan Xaylam asosiy markaziy shahar boʻlib, hoz. Ketmontepa bilan taqqoslanadi. Shikit — bu hoz. Arslonbob, Biskend — Iz-boskan qishlogʻi, Sekat — Qoʻqonqishloq (Paxtaobod) deb taxmin etiladi. Miyon-rudon qadimdan dehqonchilik markazlaridan hisoblanib, aholi zich joylashgan. Bu hududdan Sharqiy Turkistonga savdo-sotiq va aloqa yoʻli oʻtgan. 10-a. da islom dini qabul qilingan. Miyon-rudonda Ismoil Somoniynnng akasi Abul Hasan Nasr ibn Ahmad tugʻilgan.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые