MIYELIT

MIYELIT (yun. myelos — orqa miya) — orqa miyaning yalligʻlanishi. Birlamchi va ikkilamchi boʻladi. Birlamchi Miyelitni turli neytrotrop viruslar qoʻzgʻatadi, ikkilamchi Miyelit esa infek-sion-allergik kasalliklar (skarlatina, gripp va h. k.), shikastlanishlar oqibatida yuzaga keladi. Koʻpincha, bir vaqtning oʻzida miya qobiklari, bosh miya va nerv poyasi (stvoli) zararlanadi. Yalligʻlanish jarayoni orqa miyaning harakat va se-zuv funksiyalarini buzib qoʻyadi, shu sababli oyoq-qoʻl falaj yoki chala falaj (parez) boʻladi. Miyelitda chanoq organlari faoliyati buziladi (bemor siydik yoki najas tutolmaydi yoki, aksincha, hojat kelmaydi). Koʻpincha, yotoq yaralar, shish paydo boʻladi.

Davosi: antibiotiklar, vitaminlar, fizioterapiya.

Miyelitning oldini olish uchun unga olib kelgan asosiy infeksion kasallikni aniqlab, uni davolash kerak. Oʻz vaqtida toʻgʻri davo qilinsa, kasallik bir qadar yengil kechadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x