(1814–1841)
Rus adabiyotining eng ulkan va eng koʻrkam vakillaridan biri M. Yu. Lermontov oʻz zamonasining razilliklaridan zerikkan, ezgulikka zoriqqan, shiddatkor va isyonkor shoirlaridan edi.
M. Yu. Lermontov yashagan davr sharoiti oʻta mashaqqatli va qarama-qarshiliklarga toʻla edi. Lermontovning zimmasiga rus adabiyotini yanada rivojlantirish, Pushkin anʼanalarini davom ettirishdek gʻoyat murakkab va masʼul vazifa tushdi va bu vazifani u qisqagina umri davomida katta shijoat bilan ado etdi.
M. Yu. Lermontov 1814 yil Moskvaning Krasniʼe Vorota mintaqasida dunyoga keldi. U 2 yoshga toʻlganda onasidan judo boʻldi. 1828 yilgacha Penza guberniyasining Tarxani qoʻrgʻonida buvisining tarbiyasida boʻldi.
1828 yilda Moskvaga keladi va MU pansionatiga oʻqishga kiradi. 1830 yil 16 yoshida MUning filologiya fakultetiga oʻqishga kiradi. Bu yerda u Belinskiy, Ogarev, Gersenlar bilan birgalikda oʻqishadi, lekin oradan 2 yil oʻtgach oʻqishni tashlab Peterburg harbiy bilim yurtiga oʻqishga kiradi.
Uning nomini bashariyatga tanitgan, barcha xalqlar dilida mangu yashaydigan qilgan omil – uning sheʼriyatidir.
U adabiyotga bir olam ijod mahsulini berdi.
Butun dunyoni hamon hayratga solayotgan va millionlar dilini zabt etayotgan sermazmun va insoniy hissiyotlarga boy lirik sheʼrlari, aslo oʻlmas va soʻnmas dramalari: “Loʻlilar”, “Ispanlar”, “Gʻalati odam”, “Maskarad”, “Ikki ogʻa-ini”.
Poemalari: “Boyarin Orsha”, “Shoh Ivan Vasilevich, navjuvon yasovul va azamat savdogar Kalashnikov haqida qissa”, “Qochqin”, “Msiri”, “Demon”, “Ismoilbey”, “Xoji Abrek”, “Cherkaslar”.
Romanlari: “Vadim”, “Zamonamiz qahramoni”.
Bularning barchasi bitmas-tuganmas adabiy xazinani tashkil etadilar.
Akram UZOQOV
“Mustaqil davlatlar hamdoʻstligi xalqlari adabiyoti” (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti, Toshkent, 2007) oʻquv qoʻllanmasidan.
https://saviya.uz/ijod/adabiyotshunoslik/mixail-yurevich-lermontov/