(1711–1805)
Moskvadagi slavyan-grek-lotin akademiyasini bitirib, Peterburg universitetiga oʻqishga boradi. 1736 yili uni bir qancha aʼlochi studentlar bilan birgalikda Germaniyaga joʻnatishadi. U yerda Lomonosov tabiatshunoslik, injineriya, filosofiya, filologiya kabi fanlarni chuqur oʻrganadi. Shu bilan birgalikda bir qancha Yevropa tillarini oʻrganadi.
1741 yilda u Rossiyaga qaytadi va Fanlar Akademiyasida ishlaydi. 1745 yilda Akademik degan nomga munosib deb topishadi. Uning yuksak xizmatlari shundan iboratki, u hozirgi rus adabiy tilini qaysi tomonlari bilan eski slovyan tilidan ajralib turishini koʻrsatib berdi va til haqidagi nazariyasini yaratdi. Lomonosov sillabo-tonik sistemasining toʻgʻriligini isbotlab berdi, majmua va darslik nazariyasining rivojlanishida oʻzining katta hizmatlarini qoʻshdi.
Lomonosov oʻz ijodida asosan odalar yozdi. U haqda Pushkin shunday degan edi: “Tarixchi, diktor, mexanik, ximik, minerolog, rassom va shoir. U hayotda hamma narsani boshidan kechirib, tatib koʻrdi va mazmunini tushuntira oldi”.
Akram UZOQOV
“Mustaqil davlatlar hamdoʻstligi xalqlari adabiyoti” (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti, Toshkent, 2007) oʻquv qoʻllanmasidan.
https://saviya.uz/ijod/adabiyotshunoslik/mixail-vasilevich-lomonosov/