MITRIDAT I (yun. Mithridates) , Arshak VI (? — taxm. mil. av. 136) — Parfiya shohi (mil. av. 170—138/137). Mitridat I Calavkiylar davlatining tanazzulga uchraganligidan foydalanib, uning sharkiy satrapiyalari — Midiya, Mesopotamiyaning katta qismi (mil. av. 140), Elam, Fors va Baqtriyani bosib olgan. Armaniston ham Parfiya siyosiy taʼsiri ostida boʻlgan. Mitridat I davrida Parfiya yirik davlatga aylangan.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые