MISKEVICH

MISKEVICH Adam (1798.24.12, Novo-grudka yaqinidagi Zaosye qishlogʻi — 1855.26.11, Istanbul) — polyak shoiri, milliy ozodlik harakati arbobi. Polyak romantizmining asoschisi. Vilen untini tugatgan (1819), polyak yoshlarining «Filomatlar» («Fan doʻstlari»), «Filaretlar» («Yaxshilik doʻstlari») tashkilotlarida faol ishtirok etgan. Miskevichning ilk toʻplami («Sheʼriyat», 1-j., 1822) Polsha adabiyotida romantik oqimning manifesti boʻldi. Miskevich «Sheʼriyat» (2-j., 1823)ga kirgan romantik ruxdagi «Grajina» liro-epik dostoni bilan Polshada «sheʼriy qissa» janriga asos soldi.

«Filaretlar» tashkiloti ishi boʻyicha qamalgan (1823) Miskevichni chor maʼmurlari Litvadan chiqarib yuborgan; Rossiyada yashab, A. S. Pushkin bilan yaqin aloqada boʻlgan (1824—29). Bu yillar uning gʻoyaviy va ijodiy oʻsishida mu-him davr boʻldi («Qrim sonetlari», 1826; «Konrad Vallenrod», 1828 va b.). M. 1830-y. dan Parijda yashadi. «Dzyadlar» dramatik dostonining 3qismi (1832)ni va milliy mustaqillik uchun kurash ruhi bilan sugorilgan 12 qoʻshiqdan iborat «Pan Tadeush» dostoni (1834)ni nashr ettirdi. Realistik gʻoyalar, intilishlar yorqin namoyon boʻlgan «Pan Tadeush» dostoni milliy epopeyadir, u personajlari yuksak darajada tipiklashgan va individuallashgan durdona asar, eski polyak tur-mushining qomusi, serjilo soʻz sanʼ-ati sanaladi. Miskevich lirik sheʼrlar turkumini (1838—39) yaratgan. Ijtimoiy va madaniy xayotda faol ish olib borgan: 1840—44 y. larda Parijda slavyanlar adabiyotidan maʼruzalar oʻqigan. 1848 i. Avstriya zulmiga qarshi kurashayotgan italiyaliklarga yordam berish uchun polyak legionini tuzgan. 1849-y. dan demokratik ruxdagi «Xalq minbari» gaz. da muharrirlik qilgan. Miskevich sheʼrlari M. Shayxzoda, Shuhrat, Muhammad Ali, Sayyor va b. tomonidan oʻzbek tiliga tarjima qilingan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x