MIRZAYEV

MIRZAYEV Boborahim (1907 — Margʻilon — 1957) — xonanda (bariton), Oʻzbekiston xalq artista (1942). Moskva oʻzbek opera studiyasida oʻqigan (1936). Oʻzbek davlat konsert-etnografik ansamblida (1926—29), Oʻzbek davlat musiqali teatrida (1929—39), Navoiy teatrida (1939—49), Oʻzbek davlat filarmoniyasida (1949—55) yakkaxon xonanda. Dardli, hisʼhayajonlarga boy ovozi b-n tanilgan. Soʻz va ohang ravonligi, nola va krchirimlardan mo-xirona foydalanish Mirzayev uslubiga xosdir. Musiqali dramalarda Asqar («Arshin mol olon»), Neʼmat («Halima»), Farhod («Farhod va Shirin»), Qodir («Gulsara») kabi rollarni, operalarda Er Targʻin, (Ye. Brusilovskiy, «Er Targʻin»), Hasanxon (A. Magomayev, «Nargiz»), Eskamilyo (J. Bize, «Karmen») kabi partiyalarni ijro etgan. Mirzayev repertuaridan oʻzbek mumtoz ashula yoʻllari («Tanavor», «Dugoh», «Chorgoh II, III, IV», «Bayet II» va b.) hamda xalq qushiqlari oʻrin olgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x